{$ numTitles} elementlar

Barcha narsalar

Intellektual rivojlanishida nuqsonlari mavjud katta maktab yoshidagi oʻquvchilar bilan tashkil etiladigan korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar tizimida adaptiv yengil atletika vositalarini qoʻllash samaradorligi
Jenis Xudaybergenov

Maqolada intellektual sohada nuqsoni boʻlgan shaxslarni maxsus (korreksion) oʻqitish muammolari ochib berilgan.  Adaptiv jismoniy tarbiya jarayonida korreksion-sogʻlomlashtirish ishlarining asosiy yoʻnalishlari sanab oʻtilgan. Adaptiv jismoniy tarbiya va adaptiv sport vositalari majmuasidan foydalangan holda intellektual sohada nuqsoni boʻlgan yuqori maktab yoshidagi oʻquvchilarning mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari koʻrib chiqiladi.

32-36 65 51
Jismoniy tarbiya darslariga inklyuziv ta’limni integratsiyalashning ilmiy-metodik yondashuvlari
Akrom Akmalov

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya darslariga inklyuziv taʼlimni integratsiyalashning ilmiy-metodik yondashuvlari tahlil qilingan. Inklyuziv taʼlimni samarali tashkil etish faqat jismoniy tarbiya oʻqituvchisining vazifasi emas, balki oʻqituvchi, tyutor, maxsus pedagog, psixolog, tibbiyot xodimi va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyati ekani asoslab berilgan. Maqolada alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun jismoniy tarbiya darslarida toʻsiqsiz, xavfsiz va rivojlantiruvchi muhit yaratish, mashqlarni differensiallashtirish, sport jihozlaridan moslashtirilgan holda foydalanish, oʻquvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda baholash hamda oilada inklyuziv muhitni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, 5–9-sinf oʻquvchilari uchun moslashtirilgan 45 daqiqalik inklyuziv jismoniy tarbiya darsi namunasi ishlab chiqilgan.

133-138 43 41
Kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi shaxslarni golbol sport turiga tayyorlash mexanizmlari
Laylo Sobirova

Ushbu maqolada, golbol sport mashg‘ulotlarida haftalik sikllarni qо‘llash orqali kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi shaxslarni jismoniy, texnik, taktik,musobaqa oldi tayyorgarlik vositalarini rejalashtirish hamda me’yorlash bо‘yicha amalga oshirilgan pedagogik tajriba muhokamasi va ularning natijalari keltirilgan.


 

122-124 208 59
Malakali para-taekvondochilarning musobaqa oldi tayyorgarligi samaradorligini oshirishga qaratilgan moslashtirilgan jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik dasturi
Temur Sobirov

Ushbu maqolada malakali para-taekvondochilarning musobaqa oldi tayyorgarligi samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan jismoniy hamda texnik-taktik tayyorgarlikka moslashtirilgan 10 kunlik mashgʻulot dasturi taqdim etilgan. Dastur ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda jismoniy va texnik-taktik mashgʻulotlar parallel ravishda olib boriladi, ikkinchi bosqichda esa musobaqa kuniga yaqinlashgan sari yuklamalar bosqichma-bosqich kamaytirilib, musobaqa simulyatsiyasi oʻtkaziladi. Pedagogik tadqiqot natijalari mazkur dastur qoʻllanilgan sportchilarda texnik zarbalar aniqligi, taktik qaror qabul qilish tezligi va musobaqadagi gʻalaba koʻrsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli darajada yuqori boʻlganini tasdiqlaydi.

139-143 37 52
Para sport turlari bilan shug‘ullanuvchi jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilarga xorijiy tillarni xususan ingliz tilini o‘rgatish samaradorligi
Zebo Sabirova , Madina Rahmatullayeva

Maqolada xorijiy tillarni xususan ingliz tilini barcha sohada o‘rganish zamon talablaridan bir ekanligi va aynan para sport turlar bilan shug’ullanuvchi sportchilar uchun ham bu tilni o‘rganish dolzarb muammo ekanligi va uni intensiv usullar bilan o‘rgatish balki  amaliy mashg’ulot jarayonlari bilan uyg’unlashtirish orqali ingliz tilini o‘rgatish samaradoriligini oshirish hamda o‘rganish jarayonida uchraydigan muammolar va ularning yechimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

26-28 76 48
Parasportda tezkor nazorat va rejalashtirishning asosiy qoidalari
Bobirbek Neʼmatov

Mazkur maqolada parasportchilarni tayyorlashda tizimli pedagogik nazorat vositalari va usullaridan samarali foydalanish sportchining holati, yuklamalarga bardoshliligi kabi koʻplab omillarni aniqlashga yoʻnaltirish kerakligi, shu bilan birga tayyorgarlik jarayonini samarali boshqarish uchun sportchilar haqidagi maʼlumotlar ishonchli, aniq va obyektiv boʻlishi lozimligi masalalari keng yoritilgan.

38-42 78 41
Parayengil atletikada tezkor nazorat tizimini parallel rejalashtirishning nazariy va amaliy jihatlari
Bobirbek Neʼmatov

Mazkur maqolada para yengil atletika sport turida tezkor nazorat tizimining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yuqori malakali para yengil atletikachilarning mashgʻulot va musobaqa faoliyatida yurak urish chastotasi (YuQS), kislorod isteʼmoli (VO₂), aerob va anaerob koʻrsatkichlari, tiklanish jarayonlari tezligi kabi biologik va funksional koʻrsatkichlarning informatsion ahamiyati asoslab berilgan. Tezkor nazorat natijalariga koʻra mashqlarni energiya taʼminoti mexanizmlariga muvofiq guruhlarga ajratish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, yuklamaning intensivligini baholashda shkalalash usullaridan foydalanish hamda parallel rejalashtirish konsepsiyasining samaradorligi yoritilgan. Olingan natijalar para yengil atletikachilarning mashgʻulot jarayonini optimallashtirish va sport natijalarini oshirishga xizmat qiladi.

27-31 92 46