Sport muassasalari faoliyatini raqamli monitoring qilishda axborot oqimlarining konseptual modeli

Mualliflar

  • Navruz Shoymardonov
    O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi

DOI:

https://doi.org/10.68952/j1a366

Annotasiya

Maqolada sport muassasalari faoliyatini raqamli monitoring qilishda axborot oqimlarini tashkil etish va boshqaruv ehtiyojlari uchun ma’lumotlarni qayta ishlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda tizimli tahlil, strukturaviy-funksional tahlil, taqqoslash va axborot oqimlarini modellashtirish usullaridan foydalanilgan. “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi misolida ma’lumot manbasini aniqlash, ma’lumotlarni olish, tekshirish, qayta ishlash, umumlashtirish, monitoring qilish va boshqaruv qarorini qabul qilish bosqichlarini qamrab oluvchi konseptual model taklif etilgan. Ma’lumotlarning to‘liqligi, aniqligi, o‘z vaqtida yangilanishi va turli boshqaruv darajalari o‘rtasidagi muvofiqligi modelni qo‘llashning muhim shartlari sifatida ko‘rsatilgan. Taklif etilgan yondashuv sport muassasalarida raqamli monitoringni takomillashtirish va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Kalit so‘zlar:

raqamli monitoring axborot oqimi ERP Sport ma’lumotlar sifati sport muassasasi boshqaruv qarori

Bibliografik manbalar

International Organization for Standardization, & International Electrotechnical Commission. (2008). Software engineering—Software product Quality Requirements and Evaluation (SQuaRE)—Data quality model (ISO/IEC 25012:2008). https://www.iso.org/standard/35736.html

OECD. (2026). Digital government outlook 2026: From foundations to transformational impact. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/0496b2bc-en

van Ooijen, C., Ubaldi, B., & Welby, B. (2019). A data-driven public sector: Enabling the strategic use of data for productive, inclusive and trustworthy governance (OECD Working Papers on Public Governance No. 33). OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/09ab162c-en

Varmus, M., Kubina, M., Mičiak, M., & Šarlák, M. (2024). Integrated sports information systems: Enhancing data processing and information provision for sports in Slovakia. Systems, 12(6), Article 198. https://doi.org/10.3390/systems12060198

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Shoymardonov, N. (2026). Sport muassasalari faoliyatini raqamli monitoring qilishda axborot oqimlarining konseptual modeli. Sport Ilm-Fanining Dolzarb Muammolari, 4(3), 81–85. https://doi.org/10.68952/j1a366