Jismoniy tarbiya yo‘riqchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va tarkibiy-funksional model
DOI:
https://doi.org/10.68952/j1a361Annotasiya
Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya yo‘riqchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlarni asoslash va tarkibiy-funksional modelni ishlab chiqishdan iborat. 2023–2026-yillarda 400 nafar yo‘riqchi ishtirokida so‘rovnoma, test, suhbat, pedagogik kuzatuv, ekspert baholash va matematik-statistik tahlil usullari qo‘llanildi. Kasbiy faoliyat motivatsion-qadriyatli, kognitiv-metodik, amaliy-faoliyatli, kommunikativ-tashkiliy va refleksiv-baholash komponentlari asosida baholandi. Diagnostika natijalariga tayangan holda oltita pedagogik shart-sharoit belgilandi va maqsadli, metodologik, mazmunli, tashkiliy-texnologik, diagnostik-baholash hamda natijaviy bloklardan iborat model taklif etildi. Model 72 soatlik maqsadli modul doirasida sinovdan o‘tkazildi. Kasbiy faoliyatning integral ko‘rsatkichi tajriba guruhida 57,5 foizdan 81,1 foizga, nazorat guruhida esa 57,8 foizdan 64,4 foizga o‘zgardi; guruhlar o‘sishi o‘rtasidagi farq 17,0 foiz punktni tashkil etdi. Natijalar kasbiy ehtiyojlarga moslashtirilgan amaliy topshiriqlar, videotahlil, refleksiv baholash va kursdan keyingi metodik qo‘llab-quvvatlashni malaka oshirish mazmuniga integratsiyalashning istiqbolli ekanini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
jismoniy tarbiya yo‘riqchisi kasbiy faoliyat malaka oshirish pedagogik shart-sharoitlar tarkibiy-funksional model harakat faolligi jismoniy yuklama jismoniy sifatlar videotahlil refleksiyaBibliografik manbalar
Darling-Hammond, L., Hyler, M. E., & Gardner, M. (2017). Effective teacher professional development. Learning Policy Institute.
Education Endowment Foundation. (2021). Effective professional development: Guidance report.
Knowles, M. S. (1980). The modern practice of adult education: From pedagogy to andragogy (2nd ed.). Cambridge Books.
Lakens, D. (2022). Sample size justification. Collabra: Psychology, 8(1), Article 33267. https://doi.org/10.1525/collabra.33267
OECD. (2020). TALIS 2018 results (Volume II): Teachers and school leaders as valued professionals. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/19cf08df-en
Pallant, J. (2020). SPSS survival manual: A step by step guide to data analysis using IBM SPSS (7th ed.). Routledge.
Sims, S., Fletcher-Wood, H., O’Mara-Eves, A., Cottingham, S., Stansfield, C., Van Herwegen, J., & Anders, J. (2021). What are the characteristics of teacher professional development that increase pupil achievement? A systematic review and meta-analysis. Education Endowment Foundation. https://discovery.ucl.ac.uk/id/eprint/10136274/
World Health Organization. (2020). WHO guidelines on physical activity and sedentary behaviour.
World Health Organization. (2022). Global status report on physical activity 2022.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2024a, 30-sentabr). Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (PF-152-son Farmon). https://lex.uz/uz/docs/-7128182
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2024b, 2-iyul). Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PF-98-son Farmon). https://lex.uz/uz/docs/-6994138
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2022, 4-iyul). Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (355-son qaror). https://lex.uz/uz/docs/-6093267
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Kategoriyalar
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 chulpan Nalibayeva

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.


(+998)71 242-30-85
institut@sportedu.uz
100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.