O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatining normativ-huquqiy asoslari: tahlil va takomillashtirish masalalari

Mualliflar

  • Oybek Artikbayev
    Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

DOI:

https://doi.org/10.68952/j1a358

Annotasiya

Maqolada O‘zbekistonda trenerlik faoliyatini huquqiy tartibga solishning amaldagi asoslari, trenerning huquqiy maqomi, kasbiy malaka talablari va malaka sertifikatining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning manbaviy bazasini 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-son Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son va 2025-yil 5-avgustdagi 496-son qarorlari hamda O‘zbekistonda trenerlik faoliyati to‘g‘risidagi nizom tashkil etadi. Formal-yuridik va tizimli tahlil asosida malaka oshirish hamda trenerlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga oid talablar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shuningdek, sertifikatlash, trenerning huquq va majburiyatlari, mashg‘ulotlar xavfsizligi va kasbiy rivojlanishning o‘zaro aloqasi ko‘rsatib beriladi. Natijalar normativ qoidalarni izchil qo‘llash va trenerlarni huquqiy xabardor qilish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar:

trenerlik faoliyati sport huquqi malaka sertifikati malaka oshirish kasbiy talablar huquqiy maqom normativ-huquqiy tartibga solish

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi. (2026, 24-mart). Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida (O‘RQ-1123-son Qonun). https://lex.uz/uz/docs/-8093787

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi. (2011, 9-iyun). O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida (484-son buyruq; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan № 2247, 22-iyul 2011-yil; amaldagi tahrir). https://lex.uz/uz/docs/-1836744

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2022, 4-iyul). Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (355-son qaror). https://lex.uz/uz/docs/-6093267

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2025, 5-avgust). Sport sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (496-son qaror). https://lex.uz/uz/docs/-7668669

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Artikbayev, O. (2026). O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatining normativ-huquqiy asoslari: tahlil va takomillashtirish masalalari. Sport Ilm-Fanining Dolzarb Muammolari, 4(3), 24–28. https://doi.org/10.68952/j1a358

Nashr

Bo'lim

12.00.00 - Yuridik fanlar

Kategoriyalar