Murakkab koordinatsion sport turlarida sportchilarning fazoviy-vaqt harakat qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari
Annotasiya
Mazkur maqolada murakkab koordinatsion sport turlarida sportchilarning fazoviy-vaqt harakat qobiliyatlarini rivojlantirish, mashg‘ulot jarayonida ixtisoslashtirilgan idroklarni shakllantirish hamda ularning texnik-taktik faoliyatdagi ahamiyati nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi ilmiy adabiyotlarni o‘rganish asosida murakkab koordinatsion sport turlarida fazoviy-vaqt munosabatlarini idrok etishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, «masofa hissi» kabi ixtisoslashtirilgan idroklarning shakllanish mexanizmlarini umumlashtirish hamda ularni rivojlantirishning mashg‘ulot jarayonidagi asosiy yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va mantiqiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Nazariy tahlil natijalariga ko‘ra, sportchining masofa, vaqt, harakat tezligi va yo‘nalishini aniq idrok etishi murakkab koordinatsion faoliyatni samarali tashkil etishning muhim shartlaridan biridir. Qilichbozlik va boks misolida «masofa hissi» ko‘rish, kinestetik va motor axborot, sportchining harakat tajribasi hamda texnik-taktik tayyorgarligining o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadigan murakkab ixtisoslashtirilgan idrok sifatida tavsiflangan. Fazoviy-vaqt qobiliyatlarini rivojlantirishda turli masofalarda bajariladigan mashqlar, manyovr qilish, o‘zgaruvchan vaziyatlarda harakatlarni tanlash, shuningdek, nazorat va o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalaridan foydalanish muhimligi asoslangan.
Kalit so‘zlar:
koordinatsiya murakkab koordinatsion sport turlari fazoviy-vaqt harakat qobiliyati ixtisoslashtirilgan idrok masofa hissi qilichbozlik boks texnik-taktik tayyorgarlikBibliografik manbalar
Ishtayev, J. M. (2025). Psychological features of specialized perceptions in boxers. International Journal of Political Sciences and Economics, 1(1), 6–10. https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijpse.84156
Issurin, V. B., & Lyakh, V. I. (2017). Coordination abilities of athletes: Basics of manifestation, evaluation and elucidation: A review. Journal of Athletic Enhancement, 6(2). https://doi.org/10.4172/2324-9080.1000255
Mann, D. T. Y., Williams, A. M., Ward, P., & Janelle, C. M. (2007). Perceptual-cognitive expertise in sport: A meta-analysis. Journal of Sport & Exercise Psychology, 29(4), 457–478. https://doi.org/10.1123/jsep.29.4.457
Мовшович, А. Д., & Лобанов, В. В. (2018). Методические основания развития координационных способностей и целевой точности укола у начинающих фехтовальщиков на рапирах 9–10 лет. Вестник Томского государственного университета, 434, 162–166. https://doi.org/10.17223/15617793/434/22
Ottoboni, G., Russo, G., & Tessari, A. (2015). What boxing-related stimuli reveal about response behaviour. Journal of Sports Sciences, 33(10), 1019–1027. https://doi.org/10.1080/02640414.2014.977939
Parker, A. J. (2007). Binocular depth perception and the cerebral cortex. Nature Reviews Neuroscience, 8(5), 379–391. https://doi.org/10.1038/nrn2131
Presta, V., Vitale, C., Ambrosini, L., & Gobbi, G. (2021). Stereopsis in sports: Visual skills and visuomotor integration models in professional and non-professional athletes. International Journal of Environmental Research and Public Health, 18(21), 11281. https://doi.org/10.3390/ijerph182111281
Russo, G., & Ottoboni, G. (2019). The perceptual-cognitive skills of combat sports athletes: A systematic review. Psychology of Sport and Exercise, 44, 60–78. https://doi.org/10.1016/j.psychsport.2019.05.004
Sorel, A., Plantard, P., Bideau, N., & Pontonnier, C. (2019). Studying fencing lunge accuracy and response time in uncertain conditions with an innovative simulator. PLOS ONE, 14(7), e0218959. https://doi.org/10.1371/journal.pone.0218959
Zhang, Z., Piras, A., Chen, C., Kong, B., & Wang, D. (2022). A comparison of perceptual anticipation in combat sports between experts and non-experts: A systematic review and meta-analysis. Frontiers in Psychology, 13, 961960. https://doi.org/10.3389/fpsyg.2022.961960
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Kategoriyalar
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Zaxid Gapparov, Jamshid Pulatov

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.


(+998)71 242-30-85
institut@sportedu.uz
100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.