Bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini kompleks tayyorgarlikning ilmiy-pedagogik tamoyillari asosida takomillashtirish

Mualliflar

  • Ziyodullo Xadiyatullayev
    Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston milliy boks terma jamoasi tarkibiga tayyorlanayotgan ayol bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot 12 nafar ayol bokschi ishtirokida o‘tkazilgan pedagogik tajribaga hamda tajriba mashg‘ulotlari davridan oldin va keyin amalga oshirilgan signal bo‘yicha zarba berish testiga asoslangan. Sportchilarning individual xususiyatlari, funksional holati, musobaqa talablari, shuningdek, umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalaridan tabaqalashtirilgan holda foydalanishni hisobga olgan maxsus mashg‘ulot rejasi ishlab chiqilgan. Baholash jarayonida PDLT, PDHT va APD ko‘rsatkichlari, shuningdek, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarning rivojlanish darajasi tahlil qilindi. Mashg‘ulotlar mazmuniga umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik mashqlar, koordinatsion mashqlar, o‘yin usulidagi mashg‘ulotlar, nazorat testlari hamda tiklanish tadbirlari kiritildi. Tajriba oldidan va undan keyin olingan natijalarni tavsifiy taqqoslash ijobiy dinamikani ko‘rsatdi: PDLTning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67,26 dan 56,07 gacha kamaydi, PDHTning o‘rtacha ko‘rsatkichi 184,53 dan 239,93 gacha, APDning o‘rtacha ko‘rsatkichi esa 77,08 foizdan 87,22 foizgacha oshdi. Tajribadan so‘ng yetti nafar sportchi zarba aniqligi bo‘yicha 90,00 foizlik natijaga erishdi. Olingan natijalar tizimli ravishda tashkil etilgan va individual yondashuvga asoslangan mashg‘ulot jarayoni yuqori malakali ayol bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini yaxshilashi hamda ularni musobaqalarga yanada maqsadli tayyorlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

ayollar boksi maxsus jismoniy tayyorgarlik jismoniy sifatlar koordinatsiya yuqori intensivlikdagi yuklama past va yuqori kuchlanishdagi zarba ko‘rsatkichlari zarba aniqligi

Bibliografik manbalar

Abdullaev, F. T., Khadiyatullaev, Z. Sh., Ishonkulov, B., Urazbaev, A., & Abdukhamidov, A. (2025). Theory and methodology of boxing [Textbook]. Zamon Poligraf.

Islomova, Kh. F., Turdiev, F. K., Khadiyatullaev, Z. Sh., & Turdonova, S. (2022). Basics of Olympic knowledge [Textbook, in English]. Umid Design.

Khadiyatullaev, Z. Sh. (2022). Fundamentals of Olympic knowledge [Training manual, in Uzbek]. Umid Design.

Khadiyatullaev, Z. Sh. (2025). Methodology for improving the special physical training of highly qualified female boxers. Ped. nauk.

Khadiyatullaev, Z. Sh. (2025). Theoretical and practical foundations of the special physical training of highly qualified female boxers [Methodological manual]. Zamon Poligraf.

Khalmukhamedov, R. D., Shin, V. N., & Tajibaev, S. S. (2020). Improving the sports-pedagogical skills of boxers [Textbook].

Khodjaev, F., & Khadiyatullaev, Z. Sh. (2023). National active games [Textbook]. Zamon Poligraf.

Khojmetov, A., Abatov, J., Khadyatullaev, Z., & Akhmedov, A. (2023). Physical education and the history of the Olympic Games [Textbook].

Tajibaev, S. S. (2016). Methodology of using movement games in the integrated training of young wrestlers [Monograph].

Tajibaev, S. S., Umarov, Q. A., & Abdullaev, M. J. (2021). Improving the sports-pedagogical skills of boxers (women’s boxing).

Turdiev, F. K., Abdullaev, F. T., & Khadiyatullaev, Z. Sh. (2023). Theory and methodology of the selected sport (boxing) [Textbook]. Zamon Poligraf.

Turdiev, F. K., Abdullaev, F. T., & Khadiyatullaev, Z. Sh. (2025). Theory and methodology of the selected sport (boxing) [Textbook]. Umid Design.

Zhumanov, O. S., Abdullaev, F. T., Turdiev, F. K., & Khadiyatullaev, Z. Sh. (2023). History of physical education and the Olympic movement [Textbook]. Zamon Poligraf.

Zhumanov, O. S., Abdullaev, F. T., Turdiev, F. K., & Khadiyatullaev, Z. Sh. (2025). History of physical education and the Olympic movement [Textbook]. Umid Design.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Xadiyatullayev, Z. (2026). Bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini kompleks tayyorgarlikning ilmiy-pedagogik tamoyillari asosida takomillashtirish. Sport Ilm-Fanining Dolzarb Muammolari, 4(2), 47–54. Retrieved from https://sport-science.uz/index.php/journal/article/view/339