O‘zbekiston davlat sport akademiyasi talabalarining xalqaro sport musobaqalaridagi muvaffaqiyatini baholash: Paraosiyo o‘yinlari misolida

Mualliflar

  • Laylo Sobirova
    Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi
  • San’at Atajanov
    Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston davlat sport akademiyasi talabalarining xalqaro sport musobaqalaridagi muvaffaqiyati, xususan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki tahlil qilinadi. Tadqiqotda para yengil atletika va para suzish yo‘nalishlaridagi natijalar asosiy e’tiborga olingan. O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, akademiya talabalarining yuqori jismoniy tayyorgarligi, texnik-taktik ko‘nikmalari va psixologik barqarorligi xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatga erishishida muhim omil hisoblanadi. Maqolada erishilgan natijalar akademiya tomonidan olib borilayotgan parasport tayyorgarligi tizimining samaradorligini tasdiqlaydi va kelgusida sportchilarning xalqaro reytingini oshirish, mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish hamda parasportni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

Kalit so‘zlar:

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi para sport V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari para yengil atletika para suzish xalqaro musobaqa sportchilarning muvaffaqiyati

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020, 24-yanvar). O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PF-5924-son Farmon).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2021, 18-may). Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (PQ-5114-son Qaror).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022, 14-oktabr). O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PQ-599-son Qaror).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2024, 28-may). O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PQ-197-son Qaror).

Баряев, А. А., & Киселева, Э. А. (2020). Особенности разработки модельных характеристик уровня подготовленности в паралимпийском спорте. Адаптивная физическая культура, (3), 44–46.

Sobirova, L., Astankulova, D., & Raxmonova, M. (2024). O‘quv-mashg‘ulot bosqichidagi badiiy gimnastikachilarning mashg‘ulot jarayonlarida ishlab chiqilgan metodikalarni qo‘llash texnologiyasi. Sport ilm-fanining dolzarb muammolari, 2(4), 80–84.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Sobirova, L., & Atajanov, S. (2026). O‘zbekiston davlat sport akademiyasi talabalarining xalqaro sport musobaqalaridagi muvaffaqiyatini baholash: Paraosiyo o‘yinlari misolida. Sport Ilm-Fanining Dolzarb Muammolari, 4(1), 150–154. Retrieved from https://sport-science.uz/index.php/journal/article/view/330