Jismoniy tarbiya darslariga inklyuziv ta’limni integratsiyalashning ilmiy-metodik yondashuvlari
Annotasiya
Mazkur maqolada jismoniy tarbiya darslariga inklyuziv taʼlimni integratsiyalashning ilmiy-metodik yondashuvlari tahlil qilingan. Inklyuziv taʼlimni samarali tashkil etish faqat jismoniy tarbiya oʻqituvchisining vazifasi emas, balki oʻqituvchi, tyutor, maxsus pedagog, psixolog, tibbiyot xodimi va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyati ekani asoslab berilgan. Maqolada alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun jismoniy tarbiya darslarida toʻsiqsiz, xavfsiz va rivojlantiruvchi muhit yaratish, mashqlarni differensiallashtirish, sport jihozlaridan moslashtirilgan holda foydalanish, oʻquvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda baholash hamda oilada inklyuziv muhitni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, 5–9-sinf oʻquvchilari uchun moslashtirilgan 45 daqiqalik inklyuziv jismoniy tarbiya darsi namunasi ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
inklyuziv taʼlim jismoniy tarbiya integratsiyalashgan yondashuv alohida taʼlim ehtiyojlari differensial yondashuv tyutor maxsus pedagog xavfsiz muhit moslashtirilgan mashqlar individual baholashBibliografik manbalar
Oʻzbekiston Respublikasi. (2023). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Oʻzbekiston Respublikasi. (2020, 23-sentabr). Taʼlim toʻgʻrisida (OʻRQ–637-son Qonun). Lex.uz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020, 13-oktabr). Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ–4860-son Qaror). Lex.uz.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2021, 12-oktabr). Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (638-son Qaror). Lex.uz.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2022, 2-avgust). Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (425-son Qaror). Lex.uz.
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Kategoriyalar
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Akrom Akmalov

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.


(+998)71 242-30-85
institut@sportedu.uz
100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.