14–15 yoshdagi og‘ir atletikachilarning yillik mashg‘ulot yuklamasini tabaqalashtirish: tadqiqot va nazorat guruhlarining qiyosiy tahlili
Annotasiya
Mazkur maqolada 14–15 yoshdagi ogʻir atletikachilarning yillik oʻquv-mashgʻulot yuklamasini tabaqalashtirish masalalari tadqiqot guruhi (TG) va nazorat guruhi (NG) misolida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda shtangani koʻtarish soni (SHKS), umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) nisbati, shiddat zonalari boʻyicha yuklama taqsimoti, urinishlar soni hamda mashgʻulot tuzilmasi kabi asosiy parametrlar taqqoslangan. TGda yillik SHKS 9000–10000 martani, MJT ulushi esa 50% ni tashkil etgan boʻlsa, NGda SHKS 1200 martaga teng boʻlib, UJT ulushi 75% ga yetgan. Shiddat zonalari tahlili TGda yuklama taqsimoti yosh sportchilarning rivojlanish qonuniyatlariga mos ravishda bosqichma-bosqich murakkablashib borganini koʻrsatdi. Xususan, TGdagi 15 yoshli sportchilar uchun oʻrta ogʻirliklar zonasining 40% ga yetishi nerv-mushak tizimi adaptatsiyasining yuqori darajasini ifodalaydi. Tadqiqot natijalari tabaqalashtirilgan yuklama modelining sport tayyorgarligi samaradorligini oshirishda anʼanaviy modelga nisbatan ustunligini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Kalit so‘zlar:
ogʻir atletika yuklamani tabaqalashtirish SHKS shiddat zonalari tadqiqot guruhi nazorat guruhi UJT MJT sport adaptatsiyasi yosh sportchilarBibliografik manbalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020, 24-yanvar). Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-5924-son Farmon).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020, 3-noyabr). Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4877-son Qaror).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2021, 5-may). Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-5110-son Qaror).
Atamuratov, Sh. B. (2024). Maktab yoshidagi oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini ogʻir atletika vositasida rivojlantirish metodikasi [Dissertatsiya].
Faigenbaum, A. D., Kraemer, W. J., Blimkie, C. J., et al. (2009). Youth resistance training: Updated position statement. Journal of Strength and Conditioning Research, 23(5), 60–79.
Hadley, A., Kasamatsu, M., & Baker, J. (2019). Training load and performance in youth strength sports: A systematic review. Journal of Strength and Conditioning Research, 33(4), 1112–1121.
Karimov, A. Sh. (2019). Sportchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda yuklamani tabaqalashtirish uslubi. OʻzDJTI nashriyoti.
Platonov, V. N. (2015). Sistema podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte. Olimpiyskaya literatura.
Shomurodov, N. T. (2020). Yosh ogʻir atletikachilarni tayyorlashda shiddat zonalari tizimidan foydalanish metodikasi.
Tursunov, S. X. (2021). Sport turlarida yillik mashgʻulot yuklamasini rejalashtirish ilmiy asoslari. Ilm Ziyo nashriyoti.
Xolmatov, B. B. (2021). Ogʻir atletikachilarning jismoniy va funksional tayyorgarligini baholash metodikasi. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy-amaliy jurnali, (4), 38–44.
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Kategoriyalar
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Sherzod Atamuratov

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.


(+998)71 242-30-85
institut@sportedu.uz
100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.