Sport-sog‘lomlashtirish guruhlaridagi yosh badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlashda nazorat sinovlarning ahamiyati
Annotasiya
Mazkur maqolada sport-sogʻlomlashtirish guruhlarida shugʻullanuvchi yosh badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashda nazorat sinovlarining ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda 5–10 yoshli gimnastikachilarning tezlik, chaqqonlik, koordinatsiya, muvozanat va egiluvchanlik kabi asosiy jismoniy sifatlarini baholashga qaratilgan pedagogik testlash usullaridan foydalanilgan. Nazorat sinovlari sifatida 30 metrga yugurish, 3x10 metrga mokisimon yugurish, bir oyoqda muvozanat saqlash hamda tizzalarni bukmasdan oldinga egilish testlari qoʻllanilgan. Olingan natijalar yosh gimnastikachilarning jismoniy rivojlanish dinamikasini aniqlash, ularning kuchli va sust tomonlarini baholash, mashgʻulot jarayonini individuallashtirish hamda jismoniy yuklamalarni toʻgʻri rejalashtirishda nazorat sinovlarining muhim vosita ekanligini koʻrsatdi. Tadqiqot natijalari sport-sogʻlomlashtirish guruhlarida badiiy gimnastika mashgʻulotlari samaradorligini oshirish, nazorat-test tizimini takomillashtirish va yosh sportchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
badiiy gimnastika yosh gimnastikachilar sport-sogʻlomlashtirish guruhi jismoniy tayyorgarlik nazorat sinovlari pedagogik testlash tezlik chaqqonlik koordinatsiya muvozanat egiluvchanlikBibliografik manbalar
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. (2020, 23-sentabr). OʻRQ-637-son. Lex.uz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022, 23-dekabr). Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-449-son Qaror).
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2010, 23-sentabr). Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (201-son Qaror).
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi. (2025, 5-sentabr). 01/1444/1 A/F-son buyrugʻining 5-ilovasi.
Эштаев, А. К., Карабаева, Д., & Хасанова, Н. (2013). Бадиий гимнастикада буюмсиз бажариладиган машқларни ўргатиш усули.
Керимов, Ф. А. (2004). Спорт соҳасидаги илмий-тадқиқотлар: Ўқув қўлланма. Зар қалам.
Умаров, Д. Х., Умаров, М. Н., & Эштаев, А. К. (2006). Оздоровительно-развивающие виды основной гимнастики: Учебное пособие. Издательско-полиграфический отдел.
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Kategoriyalar
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Oydin Umirzakova

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.


(+998)71 242-30-85
institut@sportedu.uz
100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.