Talaba-yoshlarni jismoniy tayyorgarligini shakllantirish metodikasini qoʻllanish samaradorligi
Annotasiya
Ushbu maqolada oliy taʼlim muassasasi talaba-yoshlarining jismoniy tayyorgarligini maxsus ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi asosida rivojlantirishga qaratilgan dastur boʻyicha pedagogik tajriba oʻtkazilgani bayon etiladi. Tajriba guruhi ishtirokchilari bilan mazkur dastur asosida tizimli mashgʻulotlar tashkil etildi. Turli yugurish harakatlarini samarali bajarishda umumiy ogʻirlik markazi, xususan tos-son boʻgʻimi yaqinida oyoqning depsinish harakatini toʻgʻri amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun oyoq paylarining reflektor faolligini rivojlantirish zarur. Shu maqsadda talaba-yoshlarning oʻquv darslari boʻyicha sinovlarini inobatga olgan holda, qisqa masofaga yugurish, joyidan uzunlikka sakrash hamda uloqtirish mashqlarini samarali bajarishga yoʻnaltirilgan, katta amplitudada bajariladigan maxsus mashqlar majmuasi ishlab chiqildi va amaliyotda qoʻllanildi. Olingan natijalar mazkur mashqlar majmuasining samaradorligini hamda talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilganini koʻrsatdi.
Kalit so‘zlar:
talaba-yoshlar jismoniy tayyorgarlik darajasi koʻrsatkichlari statistik xarakteristikalar amplituda kompleks mashqlar pay refleksiBibliografik manbalar
Olimov.M.S “Yugurish turlarida yengil atletikachi talabalarni tayyorlashning ilmiy pedagogik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi 2023 yil
Soliev, I. R. Qisqa masofaga yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik mashgʻulotlarini rejalashtirish. (2020).
M.S. Olimov. Oʻrta masofaga yuguruvchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik mashgʻulotlarini rejalashtirish. Pedagogik mahorat.Ilmiy-nazariy va metodik jurnal1-son (2021-yil, fevral). Issn 2181-6883.Buxoro – 2021
M.S. Olimov. Yengil atletikachilarning koʻp yillik tayyorgarlik bosqichlarida mashgʻulot yuklamalarini taqsimlanishi va boshqarish texnologiyasi, Pedagogik mahorat. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal, 3-son (2021-yil, iyun). Issn 2181-6883.
Z.B.Xudaykulov. Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati (oʻquv qoʻllanma) Toshkent 2022
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Kategoriyalar
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Aʼzam Boltayev

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.


(+998)71 242-30-85
institut@sportedu.uz
100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.