Taʼlim muassasalarida sport klublarini samarali boshqarish modellarini yaratish

Mualliflar

  • Aksam Usmonov
    Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi

Annotasiya

Mazkur maqolada taʼlim muassasalari huzurida faoliyat yuritayotgan sport klublarini samarali boshqarish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida umumtaʼlim maktablari hamda oliy taʼlim muassasalari qoshida tashkil etilgan sport klublarining joriy holati, ularning boshqaruv tizimi va faoliyat samaradorligi oʻrganilib, soʻnggi yillarda mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlar baholandi. Tahlil natijasida sport klublari faoliyatida mavjud boʻlgan asosiy muammolar, jumladan moliyaviy taʼminotning yetarli emasligi, malakali trenerlar bilan taʼminlashdagi kamchiliklar hamda tizimli nazorat va monitoring mexanizmlarining sustligi aniqlanadi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va sport klublari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion yondashuvga asoslangan tashkiliy-boshqaruv modeli taklif etiladi.

Kalit so‘zlar:

sport klubi taʼlim muassasasi boshqaruv modeli jismoniy tarbiya samarali boshqaruv innovatsion yondashuv

Bibliografik manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 542-son qarori. “Davlat taʼlim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi qarori. “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axboroti).

Norkulov D.R., Jahbarov A.S., Neʼmatov M., O.F. Qambarov. “Lider-Trener” dasturi, 2024-yil.

Doskarayev B., Iskakova A., Syzdykova S. (2023). Form of physical training in educational institutions (club system). Retos, 50, 1224-1231.

Igamberdiyev O.R. (2021). Organization of football clubs in schools and improving the physical fitness of those involved in them (on the example of 4-5 graders). Eurasian Journal of Sport Science, 1(2): 177-184.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Usmonov, A. (2025). Taʼlim muassasalarida sport klublarini samarali boshqarish modellarini yaratish. Sport Ilm-Fanining Dolzarb Muammolari, 3(4), 6–10. Retrieved from https://sport-science.uz/index.php/journal/article/view/279