“Аrchаsimоn yugurish" mashqi yordamida stol tennisi o‘yinchilarining kardiorespirator ko‘rsatkichlarini oshirish
Annotasiya
Mazkur maqolada stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning maxsus harakat tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-pedagogik tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida yetakchi xorijiy terma jamoalar sportchilarining o‘yin faoliyati tahlil qilinib, zamonaviy stol tennisiga xos bo‘lgan yuqori tezlikdagi mokisimon harakatlarning ahamiyati asoslab berildi. O‘yin jarayonida bajariladigan harakatlarni obyektiv baholash hamda sportchilarning kardiorespirator imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan “Archasimon yugurish” (54 m) maxsus testining amaliy ahamiyati ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari mazkur test va unga asoslangan eksperimental mashqlar majmuasini mashg‘ulot jarayoniga joriy etish sportchilarning harakat tezligini, zarbalar aniqligini va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.
Kalit so‘zlar:
tayyorgarlik bosqichi harakatlanish tezkorligi zarbalar aniqligi vestibulokinetik mashqlar archasimon yugurish eksperimental mashqlar mokisimon harakatlarBibliografik manbalar
Барчукова Г.В., Мизин А.Н. Физическая культура: настольный теннис. - М.: ТВТ Дивизион, 2015-312 с.
Жданов В.Ю. Обучение настольному теннису за 5 шагов. –M.: “Спорт”, 2015, - 128 с.
Моргунова И.И. Настольный теннис и методика обучения. – Т.: Пойтахт-Принт, 2013. – 128 с.
Ибрагимова О.А., Малаалиева П.Ю., Вараева А.Ж. Начальное обучение игре настольный теннис. – Махачкала, 2019, 7-42 с.
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Kategoriyalar
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Asqar Amonov

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.


(+998)71 242-30-85
institut@sportedu.uz
100042, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy.