Gimnastika ko‘pkurashi turlariga oid mashqlarni tizimli o‘rgatishning turli tayyorgarlikka ega gimnastikachilar texnik mahorati darajasiga ta’siri

Mualliflar

  • Sergey Eshtayev
    O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Annotasiya

Ushbu maqola sport gimnastikasi misolida sportchilarni ko‘p yillik tayyorlash tizimidagi ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarining o‘zgarishini tadqiq etishga bag‘ishlangan. O‘qitishning uchta asosiy modeli - chiziqli, konsentrik va spiral modellar ko‘rib chiqilib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va gimnastikachilarning tayyorgarlik darajasiga ko‘ra optimal qo‘llash shartlari yoritib beriladi. Sportchilarning jismoniy, texnik va psixofiziologik rivojlanishidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish uchun moslashuvchan va individuallashtirilgan yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi. Ko‘p bosqichli nazorat va turli xil o‘qitish tuzilmalarini uyg‘unlashtirgan holda o‘tkazilgan pedagogik tajriba harakat ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirganligini ko‘rsatdi.

Kalit so‘zlar:

ta’lim jarayoni ko‘p yillik tayyorgarlik o‘qitish tuzilmasi dinamika tayyorgarlik samaradorlik o‘quv-mashg‘ulot jarayoni gimnastikachilar malaka

Bibliografik manbalar

Аркаев Л.Я., Сучилин Н.Г. Как готовить чемпионов. /Теория и технология подготовки гимнастов высшей квалификации. М.: ФИС 2004. - 326 с.

Верхошанский Ю.В., Основы специальной силовой подготовки спортсменов / - М.: Советский спорт, 2013. - 216 с.

Гавердовский Ю.К. Техника гимнастических упражнений: Попул. учеб. пособ. / Ю.К. Гавердовский. - М.: Терра-Спорт, 2002.- 507 с.

Зациорский, В.М. Физические качества спортсмена: основы теории и методики воспитания / - М.: Советский спорт, 2009. -200 с.

Eshtaev S.A. Management of the Process of Teaching Gymnastic Exercises to Gymnasts of Various Qualifications: Abstract of the Doctoral Thesis in Pedagogical Sciences.Chirchik, 2025, pp. 39–72.

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Eshtayev, S. (2025). Gimnastika ko‘pkurashi turlariga oid mashqlarni tizimli o‘rgatishning turli tayyorgarlikka ega gimnastikachilar texnik mahorati darajasiga ta’siri. Sport Ilm-Fanining Dolzarb Muammolari, 3(3), 29–37. Retrieved from https://sport-science.uz/index.php/journal/article/view/260