2024-yil 10-11-may kunlari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi

2024-05-16

Hurmatli hamkasblar!

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyundagi
PQ-200-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 16-son buyrug‘ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2024-yilda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq 2024-yil 10-11-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining zamonaviy holati va rivojlantirish yo‘llari” mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Anjuman tashkilotchisi: Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali.

Ushbu anjumanga Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallari hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimlaridagi jismoniy tarbiya mutaxassislari, shuningdek ommaviy sport va sport zaxiralarini tayyorlash, va sport pedagogikasi hamda unga aloqador sohalarga ixtisoslashgan turli davlat, nodavlat muassasalari va xalqaro tashkilotlarning amaliyotchilari, tadqiqotchilari, o‘qituvchilari, murabbiylari, sport tibbiyoti xodimlari, sport psixologlari, huquqshunoslar, fiziologlari va boshqa mutaxassislar, doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilar hamda ilmiy jamoatchilik vakillari taklif etiladi.

Anjuman maqsadi: Jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining zamonaviy holati va rivojlantirish yo‘llarining ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish va ilmiy, amaliy yutuqlarni targ‘ib qilish.

Anjuman vazifalari: Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olib borilayotgan islohotlar ahamiyati, jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining zamonaviy holatini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘zaro tajriba almashish, xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Anjuman ish tili: o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tili.

Anjumanni o‘tkazish muddati: 2024-yil 10-11-may kunlari.

Anjumanni o‘tkazish joyi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Nukus-Turtkul avtomagistral 5-uy

 

Anjuman ilmiy yo‘nalishlari:

  1. Jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirshda innovatsion yondashuvlar.
  2. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ta’lim berishning zamonaviy pedagogik, psixologik va tibbiy-biologik muammolari.
  3. Jismoniy tarbiya va sportda nazariya va uslubiyatning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari.
  4. Ta’lim tashkilotlarida ommaviy sportni rivojlantirishda uzluksiz ta’lim muammolari: muammo va yechimlari.

 

Anjumanda ishtirok etish talablari:

  1. Anjumanda ishtirok etish uchun materiallarni anjumanning Tashkiliy qo‘mitasi elektron manziliga 2024-yilning 25-aprel sanasiga qadar yuborish talab etiladi:

Taqdim etilgan materiallar PDF formatida elektron pochta orqali quyidagi manzilga yuboriladi:

E-mail: info@sportedun.uz (ajiniyazxojametov89@mail.ru)

Telegram messenjeri orqali +998(97) 220-07-37; +998(91) 372-27-71.

  1. Materiallarning matni 1-ilovada ko‘rsatilgan talablar asosida rasmiylashtirishi lozim. Bir muallifdan ikkitagacha maqola qabul qilinadi.
  2. To‘lov haqidagi ma’lumot (kvitansiya nusxasi).
  3. Har bir material alohida faylda rasmiylashtirilib, muallif nomi bilan nomlanishi kerak (“F.Yo‘ldashov_tezis yoki maqola” (tezis yoki maqola uchun)).

 

Materiallarni rasmiylashtirish talablari:

  • tezis va maqolalarning mavzulari anjuman yo‘nalishlari nomlariga mos kelishi kerak;
  • tezis yoki maqolalarda o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lishi zarur;
  • materiallar 3-7 betdan oshmasligi, qog‘oz o‘lchami A4 formatda bo‘lishi, betlar raqamlanmasligi kerak;
  • ma’ruza materiallarini Microsoft Word dasturida Times New Roman (barcha tildagi maqolalar uchun) 14 o‘lchamli shriftda rasmiylashtiriladi, qatorlar 1,5 interval oraliqda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 1,5 sm qoldirilishi lozim;
  • birinchi qatorda sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflarda maqola yoki tezisning nomi, ikkinchi qatorda muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami va elektron manzili ko‘rsatiladi;
  • keyingi qatordan annotatsiya, kalit so‘zlari, kirish qismi, asosiy matn yoziladi;
  • taqdim etilgan materiallarda mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, tadqiqot uslublari, natijalar tahlili va xulosalari ifodalanishi shart;
  • mualliflar tezis va maqolalarda bayon etgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik jihatlari uchun mas’ul;
  • taqdim etilgan materiallarda mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, tadqiqot uslublari, natijalar tahlili va xulosalari ifodalanishi shart. Maqola va tezislar “Antiplagiat” dasturi orqali tekshiriladi, matnning haqiqiyligi 65% kam bo‘lmasligi kerak.
  • talablarga javob bermaydigan holda rasmiylashtirilgan va belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan materiallar qabul qilinmaydi hamda chop etilmaydi;

To‘plamga UDK, BBK, kutubxona indekslari kitob raqami beriladi.

Anjumanda qabul qilingan har bir maqola Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo va Open Aire, Rossiyaning Ciberlineyka xalqaro bazalariga, scientist.uz platformasiga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi.

Tezis va maqolalar 2024-yilning 25-aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.

Anjuman to‘plamida tezisni nashr qilish uchun har bir tezis yoki maqola uchun 100 000 (yuz ming) so‘m to‘lanadi.

Ishtirokchilar anjumanning yakunlovchi yalpi majlisida anjuman ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi ma’ruza” kabi nominatsiyalar g‘oliblari diplom va qimmat-baho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

 

Ishtirokchilar uchun to‘lov rekvizitlari:

Manzil: Qoraqalpog‘istor Respublikasi, Nukus shahri, Nukus-Turtkul avtomagistral 5- uy

Tel: (97)508-29-60

Sh/r: 400 110 860 354 017 096 200 135 001

STIR: 207289380

OKONX: 85590

Moliya vazirligi g‘aznachiligi

X/R: 2340 2000 3001 0000 1010

MFO: 00014

Nukus sh. MB BB XKKM STIR: 201122919

Anjuman materiallari to‘plami chop etiladi hamda to‘plamning elektron varianti shakllantirilib (pdf) filialning internet-sahifasiga joylashtiriladi. Shuningdek, ishtirokchilarning talabnomasida ko‘rsatilgan elektron manzilga yuboriladi.

 

 

TASHKILIY QO‘MITA

 

1-ilova

Tezis va maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha

NAMUNA

 

JISMONIY TARBIYA - SOG‘LOMLASHTIRISH MASHG‘ULOTLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

 

Serik Atamuratov, pedpgogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxasssislarni qayta tayyorlash instituti Nukus filiali, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 

Annotatsiya (Abstract): Ushbu Annotasiyada ishning maqsadi, ishning usuli yoki metodologiyasi, olingan natijalar va xulosa ko‘rsatiladi. (Annotatsiya
250 so‘zdan oshmasligi kerak).

Kalit so‘zlar: bu maqolani baholash va qidirish mumkin bo‘lgan eng muhim so‘zlarni ifodalashga mumkin bo‘lgan matndan ma’lum so‘zlar keltiriladi.

Asosiy kalit so‘z birinchi ko‘rsatiladi, kalit so‘zlarning umumiy soni 5-6 so‘z bo‘lishi mumkin.

Kirish. Maqolada kirish qismida mavzu bo‘yicha qisqacha ma’lumotni o‘z ichiga olishi, tadqiqotning ahamiyatini tushuntirishi va tadqiqotning aniq savolini yoki maqsadini ko‘rsatishi lozim. Bunday holda, adabiyotlarni batafsil ko‘rib chiqish yoki natijalarni qisqacha bayon qilishdan qochish kerak.

Tadqiqot usullari: Ushbu bo‘limda tajribani tashkil etish jarayoni, ishlatilgan usullar va ularni tanlash asoslari, shuningdek ishlatilgan uskunalar iloji boricha batafsil tavsiflanishi lozim.

Agar qurilma ishlatilsa, uni ishlab chiqaruvchining nomi va manzili qavs ichida ko‘rsatilishi kerak.

Agar usul o‘rganilgan bo‘lsa, havola berilishi kerak, ammo agar usul yangi bo‘lsa, uni boshqa muallif bajarishi uchun yetarli ma’lumot berilishi darkor. Tajriba jarayoni bosqichma-bosqich tavsiflanishi kerak.

Muhokama: mazkur bo‘limda muallif tomonidan olingan natijalar asosida tahlillarni o‘z ichiga oladi.

Mualliflar ushbu mavzu bo‘yicha mavjud bilimlar kontekstida olingan natijalarni tanqidiy tahlil qilishlari kerak. Ushbu bo‘lim doirasida, birinchi navbatda, chet ellik hamkasblar tomonidan ilgari, o‘xshash yoki har qanday tarzda bir-biriga o‘xshash tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslash amalga oshiriladi.

Mualliflar o‘zlarining tadqiqotlarining amaliy va nazariy ahamiyatini ko‘rsatishlari va ilmiy hissalarini shakllantirishlari kerak. Ushbu bo‘limda tegishli xorijiy nashrlarga havolalar talab qilinadi. Tadqiqotning cheklovlari va kamchiliklari va olingan natijalar ham bu yerda ko‘rsatilgan.

Agar kirish qismida gipoteza ifodalangan bo‘lsa, mualliflar munozarada unga qaytishlari va buni rad yetishlari yoki isbotlashlari kerak. Agar natijalarni nazariya kontekstida talqin qilish zarur bo‘lsa, bu munozara bo‘limida ham amalga oshiriladi.

Natijalar. Bu bo‘limda tavsiflangan metodologiya asosida o‘rganish davomida olingan obyektiv ma’lumotlar taqdim etilishi kerak. Muallifning tadqiqotlari natijalari iloji boricha to‘liq taqdim etilishi darkor. Ular matn, jadval va raqamlar shaklida bo‘lishi mumkin.

Matn jadvallarda va yoki raqamlarda keltirilgan ma’lumotlarni takrorlamasligiga ishonch hosil qiling. Faqat asosiy natijalarning muhim xususiyatlari ta’kidlanishi va umumlashtirilishi kerak.

Xulosa. Tadqiqotning asosiy xulosalari “Xulosa” kichik bo‘lim sifatida taqdim etilishi mumkin yoki mustaqil holda “Natijalar va muhakamalar” bo‘limining kichik bo‘limi sifatida bo‘lishi mumkin.

Ushbu bo‘lim olingan natijalarni tahlil qilish asosida meta-xulosalarni shakllantirishni nazarda tutadi. “Xulosa” to‘liq matnda yozilgan va hech qanday holatda ro‘yxat shaklda bo‘lishi ko‘zda tutilmaydi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. G‘.Yo‘ldoshev, S.A.Usmonov. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. “Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi”. Toshkent – 2008. 130 bet.
  2. N.Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi” nashriyoti. Toshkent – 2006. 159 bet. 64–70 betlar.
  3. J.Ishmuxamedov. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. T., Iste’dod, 2008. –180 bet.